Yevropaning olti davlati Kiyevga bergan va'dalaridan bosh tortdi

Iyul oyida yirik Yevropa davlatlari Kiyevga hech qanday harbiy kelishuv taklif qilmagan

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Yevropaning 6 yirik davlati Kiyevga hech qanday yangi ikki tomonlama harbiy majburiyatlarni taklif qilmagan. Bu Rossiyaning Ukrainada maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan beri birinchi marta sodir bo‘ldi, deb yozadi Politico.

Xabarda aytilishicha, bu Ukraina hal qiluvchi qarshi hujumni boshlagan paytda, Kiyevga qurol yetkazib berish kamayib borayotganidan dalolat beradi.

Ushbu xabar Ukraina harbiy amaldorlari va siyosatchilari tomonidan Yevropaning yirik davlatlari Buyuk Britaniya, Polsha va Qo'shma Shtatlardan kelayotgan harbiy yordam bilan hamqadam bo'lmagani haqida qayta-qayta ta'kidlagan fikrni tasdiqlaydi. 

Kil instituti tadqiqot direktori Kristof Trebeshning aytishicha, aprel oyi oxiridan beri Yevropaning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha majburiyatlari pasayish tendentsiyasida. G'arb ittifoqchilari o'tgan hafta Kopengagenda yig'ilib, Ukraina qurolli kuchlarini kuchaytirish va 1,5 milliard yevrolik majburiyatlarni to'plash masalasini muhokama qilishdi. Trebesh bu miqdorni "avvalgi konferensiyalarda ko'tarilgan narsalarga nisbatan juda kichik summa" deb hisoblagan.

Latviya Mudofaa vaziri Artis Pabriks yaqinda Fransiya va Germaniya kabi davlatlar Ukraina bilan Rossiyaga qarshi kurashda ko‘proq harakat qilishlari kerakligini aytgan. Estoniyaning sobiq mudofaa vaziri, hozirda Yevroparlament a’zosi Rixo Terras Yevropa “uyg‘onishi” kerakligini aytib, Rossiya mag‘lubiyatga uchramaguncha tinchlik bo‘lmasligini ta'kidlagan.

"Har kuni yuzlab odamlar nafaqat askarlar, balki ayollar va bolalar halok bo'lishadi", deb qo'shimcha qilgan Yevroparlament a'zosi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling