Barselona vitse-prezidenti: “Klubni saqlab qoldik, ammo toʻliq tiklanishimizga 5 yil kerak”

Barselonaning moliyaviy ahvoli sekin astalik bilan yaxshilamoqda

Foto: FCBarselona

Foto: FCBarselona

“Barselona”ning iqtisodiy masalalar boʻyicha vitse-prezidenti klubning moliyaviy holati haqida gapirdi.

“Biz «Barsa”ni saqlab qoldik, ammo hanuz barcha muammolarni hal qilganimiz yoʻq. Hali toʻliq tiklanmadik. Bizga tejamkorlik kerak, moliya masalasida qattiqqoʻl boʻlishimiz kerak. Oldinda qilinadigan ishlar koʻp.

Klub yaqin 5 yil ichida tiklanadi. 2024/25-yilgi mavsumda biz allaqachon oʻz darajamizda boʻlamiz.

Bizda maosh toʻlay olmaydigan va qarzni koʻrib chiqishga majbur boʻlgan davr bor edi. Lekin tinchlanib, uy vazifasini bajardik.

Klub boshqaruv boʻyicha fojiaga uchragan va beqaror iqtisodiy vaziyatga tushib qolgandi. Vaziyatni toʻgʻrilash juda qiyin boʻldi», — dedi Eduar Romeu Catalunya.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling