Foto: Senat.uz
Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligida Velosportni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashining ikkinchi yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilish davomida federatsiya rahbari tomonidan velospornti rivojlantirish uchun hududlarda yetarli sharoitlar yaratilmaganligi, sport obyektlarida moliyaviy va moddiy texnik baza, sport anjomlari bilan taʼminlanmaganligi taʼkidlandi.
“2022-2023 oʻquv yilidan Respublika velosport mahorat maktab-internati tashkil etilgan. Lekin, amalda faoliyat yuritmayapti. Shu yil qoʻshimcha 25 ta sport maktablarida velosiped sporti boʻlimlarini tashkil etish hamda ularni malakali trenerlar, sport inventarlari (velosipedlar) bilan taʼminlash boʻyicha topshiriq ijrosi ham toʻliq taʼminlanmagan. Bugungi kunda 25 tadan faqatgina 12 ta sport maktablari tashkil etilgan”- deydi Narbayeva.
Xususan, hududiy boʻlinmalar uchun mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismidan har yili 40 donadan velosiped ajratish, shuningdek, velosipedchilarning harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida ikkitadan Damas avtomashinasi bilan taʼminlash belgilangan. Lekin Andijon va Buxoro viloyatlari eʼtibordan chetda qolib ketgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling”Ajratilayotgan mablagʻlar ofisni chiroyli mebellar bilan bezash uchun emas, qachon aholiga velosiped ajratiladi", dedi Tanzila Narbayeva.