Samarqand viloyati Samarqand tumanida bir necha yillardan beri fuqarolarni Isroilga ishlashga yuborishni vaʼda qilib, ularni pullarini olgan ayol qoʻlga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Samarqand tumani Gaffarov koʻchasida yashovchi 28 yoshli fuqaro Samarqand shahri boʻyicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. Arizaga koʻra, Samarqand shahri S.Ayniy mahallasida yashovchi 42 yoshli ayol uni Isroil davlatiga ishlashga yuborishini vaʼda qilib, 2019-yil noyabr oyidan 2021-yil yanvar oyiga qadar boʻlib-boʻlib, jami 14 ming dollarini olgan.
Biroq, shu kunga qadar ayol uni Isroil davlatiga yubormasdan, pullarini qaytarib bermay aldab kelayotganligini, shu sababli unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Shuningdek, Samarqand tumani Qoʻshmasjid MFYda yashovchi 36 yoshli fuqaro ham huddi shunga oʻxshash ariza bilan murojaat qilib, 2019-yil dekabr oyidan 2020-yil yanvar oyiga qadar boʻlib-boʻlib, jami 10 ming dollarini olganligini maʼlum qilgan. Shu bilan birga, biroq shu kunga qadar uni Isroil davlatiga yubormasdan, pullarini qaytarib bermasdan, aldab kelayotganligini, shu sababli unga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Mazkur holatlar yuzasidan Samarqand shahar boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling