Vladimir Putin Samarqandga yetib keldi

Rossiya prezidentini bosh vazir Abdulla Aripov kutib oldi

Ayni damda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. 

SHHT sammitida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston davlatlari hamda hukumat rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling