Myuller “Barselona”ga qarshi oʻynayotgan paytda uning uyiga oʻgʻri tushdi

Jinoyatchilar uydan olti raqamdan iborat naqd pul va taqinchoqlarni olib chiqib ketishgan

Foto; goal.com

Foto; goal.com

Nomaʼlum shaxslar “Bavariya” hujumchisi Tomas Myullerning uyini talon-toroj qilishdi.

Oʻgʻrilik YECHL guruh bosqichining 2-turidan oʻrin olgan “Barselona”ga qarshi oʻyin (2:0) vaqtida sodir boʻlgan.

“Bild” nashrining xabar berishicha, jinoyatchilar uydan olti raqamdan iborat naqd pul va taqinchoqlarni olib chiqib ketishgan.

Oʻgʻrilarning shaxsi hozircha aniqlanmagan, biroq politsiya tergov olib bormoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling