Belorusda yangi koronavirus shtammi - "Ninzya"

Kasallangan bemor virusni 12 kishiga yuqtirishi mumkin

Foto: un.org

Foto: un.org

Belarusda koronavirusning yangi “omikron ninzya” shtami aniqlandi. Bu haqida “MIR 24” xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Belarusda koronavirusning yangi turi "Omikron-ninzya" aniqlangan. Birinchi kasallangan odam Minskda, ikkinchisi Vitebskda. Ikkala holat ham laboratoriya tomonidan tasdiqlangan. “Omikron-ninzya” tanaga tezroq kirib boradi, immunitetni zaiflashtiradi va antitanachalarga qarshi turadi. Shuning uchun ham unga “ninzya” nomi berilgan.

Ta'kidlanishicha, kasallangan bemor virusni 12 kishiga yuqtirishi mumkin. Bu boshqa kovid turlarga qaraganda ikki baravar ko'pligini anglatadi. Ushbu koronavirus turi bugungi kunga qadar 43 mamlakatda ro'yxatga olingani ma'lum qilingan.

Shifokorlar yaqin kelajakda, ayniqsa xavf ostida bo'lgan odamlar uchun koronavirusga qarshi qayta emlashni tavsiya qilmoqda

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling