Toshkentda ayrim hududlar elektr energiyasidan noma'lum muddatga uzildi

Elektr uzatish kabel tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Toshkent shahar Yashnobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi nomaʼlum muddatga uzildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hududni elektr energiyasi bilan taʼminlovchi yuqori kuchlanishli PS “Panelʼniy”dan taʼminlanuvchi elektr uzatish kabel tarmogʻida nosozlik yuzaga kelgan.

Natijada tumanning Ohanrabo, Chashma 4-tor koʻchalari hamda “Panelʼniy” mavzesining 8, 9, 10, 11, 12, 13, 93, 107, 108, 109, 110, 111, 112, 113, 119-sonli koʻp qavatli aholi xonadonlarida, shuningdek, 206-sonli umumtaʼlim maktab binosi elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filialining tezkor chiqish brigadalari tominidan mazkur nosozlikni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar