Foto: Prokuratura departamenti
Toshkent shahrining bir qator tumanlarida va Namangan viloyatida qalbaki kupyuralarni muomilasiga chek qoʻyildi. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro 8 300 dollarini qalbaki pullarni boshqa bir fuqaroga 4 150 dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro “G.B.” mehmonxonada xizmat faoliyatini olib borayotgan shaxsga qalbaki 500 dollarini 5,2 mln soʻmga sotganligi aniqlangan.
Huddi shunday departamentning Yangiyoʻl shahar boʻlimi tomonidan Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshhiruv oʻtkazilgan. Tadbir davomida ikki nafar fuqaro Yangiyoʻl shahar dehqon bozorida amalga oshirgan xaridi uchun YATT “K.I.”ning sotuvchisiga 2 dona 50 kupyurali qalbaki dollari berganligi aniqlanib, ularning yonidan qalbaki 300 dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling