O'zbekistonda havo harorati -2 darajagacha tushib ketadi — O'zgidromet

Ayrim hududlarda yomg'ir qorga aylanishi ham mumkin

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

7-noyabr kuni O'zbekistonning shimoliy hududlariga Volga boʻyi hududlaridan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, qorga aylanishi ham mumkin. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 8-noyabr kuni sovuq havo massasi respublikaning barcha hududlariga asta-sekin kirib keladi, hududning katta qismida yomgʻir yogʻadi, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim tumanlarida baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat +5...+8 darajani tashkil etadi.

7-8-noyabr kunlari hududlar boʻyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

9-11-noyabrda O'zbekiston hududida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Qayd etilishicha, sovuq havo massalari kirib kelishi natijasida 9-11-noyabrda harorat kechalari -2…0 darajagacha pasayadi. Haftaning oxiriga kelib harorat +10…+14 daraja atrofida va meʼyorga yaqin boʻladi.

7-8-noyabr kunlari kuchli yomgʻir yogʻishi hisobiga respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel kelishi xavfi bor. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling