Levandovskiyning 70 ming yevrolik soati o'g'irlab ketildi

Soat Barselona bazasi yaqinadagi bog'dan ko'mib qo'yilgan holda topilgan

Foto: sportsru

Foto: sportsru

Robert Levandovskiyning 70 ming yevro turadigan Patek Phillippe rusumli soati muxlislar tomonidan o'marilgan. Bu haqda  mahalliy TV3 telekanali xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchi  3 nafar muxlislariga dasxat qo'yib berish maqsadida mashina oynasini tushirgan. Natijada 4- odam mashina ichkarisiga kirib soatni olgan.

Levandovskiy o'g'rini ushlab soatni qaytarishga harakat qilgan, biroq o'g'ri qochishga ulgurgan.

Mahalliy politsiya o'g'rini tutgan, o'g'ri jinoyatini tan olgach, soat "Barsa" bazasi yaqinidagi bog'dan yerga ko'milgan holda topilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling