Manchester City futbolchisiga butun umrlik qamoq jazosi tahdid solmoqda

Mendi 6 nafar ayolga 9 marta jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblanmoqda

Foto: goal.com

Foto: goal.com

Angliyaning “Manchester Siti” klubi futbolchisi Benjamin Mendiga butun umrlik qamoq jazosi tahdid solmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mendi 6 nafar ayolga 9 marta jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblanmoqda. Hozirda fransiyalik futbolchi o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad qilib kelyapti.

Ushbu ishni o‘rganayotgan prokuror Timoti Kreyning so‘zlariga ko'ra, Benjamin 2 nafar “qurboni”ga o‘z uyida tajovuz qilgan.

Benjamin Mendiga yuqorida qo‘yilgan ayblovlarning barchasi o‘z tasdig‘ini topsa, u qolgan umrini to‘rt devor ichida o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Ya’ni, fransiyalik futbol yulduziga butun umrlik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Agarda Mendi qo‘yilgan ayblovlarning aksariyati o‘z isbotini topmasa, qamoq  muddati 5 yildan 20 yilgacha bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling