Armaniston Ozarbayjon bilan sulhga erishganini ma'lum qildi

Ozarbayjon tomoni hozircha bu ma'lumotni tasdiqlamagan

Foto: Sof.uz<br>

Foto: Sof.uz

Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan Ozarbayjon bilan tinchlik kelishuviga erishilgani haqida ma’lum qildi.

“Xalqaro hamjamiyatning ishtiroki tufayli 14-sentabr mahalliy vaqt bilan soat 20:00 dan sulh bo‘yicha kelishuvga erishildi. Umid qilamizki, Ozarbayjon bu kelishuvga amal qiladi”, —deydi davlat kotibi Armen Grigoryan.

Biroq, uning qo'shimcha qilishicha, Boku bilan imzolash uchun hozircha hech qanday hujjat yoki kelishuv tayyorlanayotgani yo'q.

Qayd etilishicha, Ozarbayjon tomoni hozircha bu maʼlumotni tasdiqlamagan.

Ma'lum qilinishicha, 14-sentabr kuni tushdan keyin Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan parlamentda mamlakat uchun “mustahkam tinchlik va xavfsizlik”ni kafolatlaydigan hujjatni imzolash rejasi haqida ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng Yerevanda norozilik namoyishlari boshlangan. Keyinroq Pashinyan uning so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilingani va shu paytgacha Boku bilan hech qanday hujjat imzolanmaganini aytdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling