“Repost Avto” tahririyati Toshkentdagi mahalliy avtomobillar narxlarini bilish maqsadida Sergeli mashina bozoriga bordi.
Chevrolet Spark
Foto: Repost Avto
2018-2019-yillarda ishlab chiqarilgan, yurgan masofasi 100 ming kilometrdan oshmagan ushbu avtomobil Sergeli avtomobil bozorida 6800 dollardan 8000 dollargacha sotilmoqda.
Mexanika - 7400 dollar (300 dollarga)
Avtomat - 9200 dollar (300 dollarga)
Chevrolet Nexia-3
Foto: Repost Avto
2018-2019-yillarda yurgan masofasi 80 ming kilometrga yetmagan mexanik uzatmali avtomobil 8000 dollardan 9400 dollargacha turadi. Xuddi shu rusumli avtomat mashina 8100 dollardan 10500 dollargacha turadi.
Mexanika - 8 700 dollar (100 dollargacha)
Avtomat - 9300 dollar (200 dollarga kam).
Chevrolet Cobalt
Foto: Repost Avto
2018-2019-yillarda ishlab chiqarilgan, 75 ming kilometr gacha bo'lgan masofani bosib o'tgan mexanik uzatmali"Cobalt" ni bozorda 7900 dollardan 8700 dollargacha sotib olish mumkin. Xuddi shu rusumli avtomat mashina 8800 dollardan 11500 dollargacha sotiladi.
Mexanik - 8300 dollar (100 dollarga kam)
Avtomat - 10 150 dollar (150 dollarga)
Chevrolet Gentra
Foto: Repost Avto
2018-2019-yilda ishlab chiqarilgan 85 ming kilometr masofani bosib o'tgan mexanik uzatmali Gentra mashinasi 8800 dollardan 10100 dollargacha sotilmoqda.
Mexanika - 9 450 dollar (200 dollarga)
Avtomat - 12 100 dollar (200 dollarga).
Chevrolet Damas
Foto: Repost Avto
2017-2018-yillarda ishlab chiqarilgan 70 000 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan masofani bosib o'tgan Damasni 6500 dan 8200 dollargacha xarid qilish mumkin.
O'rtacha narx - 7350 dollar (150 dollarga ko'tarilgan).
Chevrolet Matiz
Foto: Repost Avto
Bozorda 2013-2014-yillarda ishlab chiqarilgan 300 000 kilometrgacha yurgan Matizni 2900 dan 3500 dollargacha xarid qilish mumkin.
O'rtacha narx - 3200 dollar (100 dollarga ko'tarilgan).
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling