Toshkentda ayol hamkasbini pichoqlab oʻldirdi

Ushbu voqeaga ikki hamkasbning o'zaro janjallashib qolgani sabab bo'lgan

Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi umumiy ovqatlanish shaxobchasida ayol oʻzaro janjal sabab hamkasbini oʻldirib qoʻydi.

Maʼlum qilinishicha, 4-sentyabr kuni soat 00:30 lar atrofida Yashnobod tumanida 26 yoshli ayol oshxonada oʻzi bilan birga ishlovchi 28 yoshli mast holatdagi erkak bilan oʻzaro janjallashib qolgan.

Kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida, ayol oshxona pichogʻi bilan hamkasbining qorin qismiga bir marta tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, erkak olgan tan jarohati sababli shifoxonaga olib kelinayotgan vaqtda vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga koʻra, erkakda "qorin oʻn old devorini teshib kirib jigarni shikastlagan sanchib-kesilgan jarohati, ichki va tashqi qon ketishi" kabi jarohatlar aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tuman Ichki ishlar organlari Faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIO FMB) huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan ushbu jinoyatni sodir etgan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ayol prosessual tartibda ushlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling