Foto: manutd.one
Manchester Yunaytedning sobiq a'zosi Luish Nani vatandoshi atrofida bo'layotgan gap so'zlarga o'z munosabatini bildirdi.
Nanining ta'kidlashicha, Krishtianu Ronaldu uzoq muddatli loyihaning bir qismi bo'lishga "vaqti yo'q", shuning uchun u "Manchester Yunayted"dan ketishga intilmoqda.
"Qizil iblislar"ning mavsumni yomon boshlagani, ular yaqin orada katta sovrinlar uchun kurasha olmasligini ko'rsatmoqda. Shuning uchun ham besh karra "Oltin to'p" sohibi ketishni rejalashtirmoqchi.
"Biz birga o'ynaganimizga ancha bo'ldi va Krishtianu endi bola emas", - deydi Nani.
"Vaqt o'zgaradi, munosabat ham o'zgarishi mumkin. Lekin, biz ko'rib turganimizdek, u odatdagidek harakat qilmoqda; u mag'lubiyatni yoqtirmaydi, jamoa yaxshi ishlamasa, reaksiyaga kirishadi".
"Krishtianu uchun yangi jamoa qurishga yoki keyingi mavsumni kutishga vaqti yo'q. U eng yuqori pog'onalarda bo'lishni, gollar urishni va erkak bo'lishni xohlaydi. Shuning uchun reaksiyasi tabiiy" deb qo'shimcha qilgan Nani.
Ronalduning ketish istagi qariyb roppa-rosa bir yil avval uning Yuventusdan Manchesterga o'tishi aniq bo'lganida hayajonga tushgan «MYu» muxlislarining hafsalasini pir qildi. Biroq, uning sobiq jamoadoshi - ham klub, ham xalqaro miqyosda - u nima uchun ketishni xohlayotganini aniq tushunib turibdi, chunki vaqt, albatta, Ronaldudek yulduzni ham kutib turmaydi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling