Karim Benzema "Oltin to'p" sovrinini qo'lga kiritgan yoshi eng katta futbolchilardan biri bo'ldi

Benzema ushbu sovrinni qo'lga kiritgan "Real"ning sakkizinchi futbolchisiga aylandi

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

2022 yil yakunlariga ko‘ra, Karim Benzema “Oltin to‘p”ga loyiq ko‘rildi.

U mazkur sovrinni qo‘lga kiritgan beshinchi fransiyalik futbolchiga aylandi. Oldinroq, Raymon Kopa (1958), Mishel Platini (1983, 1984, 1985), Jan-Pyer Papen (1991), Zinedin Zidan (1998) ushbu sovrin egasiga aylangan.

Shuningdek, 34 yoshli hujumchi “France Football” talqini bo‘yicha yil futbolchisiga aylangan “Real”ning sakkizinchi o‘yinchisi sifatida qayd etildi. Avvalroq, Alfredo Di Stefano (1957, 1959), Raymon Kopa (1958), Luish Figu (2000), Ronaldo (2002), Fabio Kannavaro (2006), Krishtianu Ronaldu (2013, 2014, 2016, 2017) hamda Luka Modrich (2018) mazkur nomga erishgandi.

“Real” forvardi 1956 yildan beri mazkur sovrinni qo‘lga kiritgan yoshi eng katta futbolchi sifatida qayd etildi – 34 yosh-u, 10 oylik.

Bu borada Benzemadan oldinda Stenli Mettyuz bor. Afsonaviy ingliz o‘yinchisi 1956 yil 41 yoshida “Oltin to‘p” sohibiga aylangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling