Toshkent shahrida joylashgan sport markazi auksionga qo'yildi

“Aviasozlar” sport markazining ustav kapitali 5 trln soʻmni tashkil qiladi

Foto: “E-auksion” portali<br>

Foto: “E-auksion” portali

Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Qorasuv koʻchasida joylashgan sport markazining ustav fondidagi davlat ulushi 30 mlrd soʻmga kimoshdi savdosiga qoʻyildi. Bu haqidagi maʼlumotlar “E-auksion” portaliga joylangan.

Maʼlum qilinishicha, auksionga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasining 24-noyabrdagi 124k-PO-son buyrugʻi asosida qoʻyilgan.

Qayd etilishicha, “Aviasozlar” sport markazining ustav kapitali 5 trln soʻmni, umumiy yer maydoni esa 0,76 gektarni tashkil etadi. Markazning:

aylanma aktivlari — 35,1 mln soʻm;

debitorlik qarzlari — 18,1 mln soʻm;

kreditorlik qarzlari — 59 mln soʻm.

Lot izohida yozilgan maʼlumotlarga koʻra, mazkur davlat ulushini sotib olgan investorlar jamiyatning 100 foiz ulushiga nisbatan egalik qiluvchi taʼsischisi hisoblanadi. Shuningdek, auksion gʻolibi jamiyatning barcha kreditorlik va debitorlik qarzdorliklari bilan birgalikda qabul qiladi.

Auksionga qoʻyilgan sport markazining boshlangʻich bahosi — 29,5 mlrd soʻm. Arizalar 2-yanvar 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling