Foto: Tez News
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari bo'yicha hisoblangan 2 trillion so'mlik qarzlari bekor qilinishi mumkin. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lumki, 1-iyuldan boshlab bo'sh turgan binolar, foydalanilmayotgan yer uchastkalariga mol-mulk solig'i va yer solig‘ining oshirilgan stavkalari bo'yicha ariza berish tartibi bekor qilingan edi.
Lekin 19 ming tadbirkorni avval oshirib hisoblangan soliqlar nima bo'ladi, degan savol bezovta qila boshlagan va bu bo'yicha ko'plab murojaatlar kelib tushgan.
"Shularni inobatga olgan holda, tadbirkorlarning oshirilgan soliq stavkalari bo'yicha hisoblangan 2 trillion so'mlik qarzlaridan butunlay voz kechsak, nima deysizlar?", deya tadbirkorlarga murojaat qildi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident uchrashuvda tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulay moliyalashtirish tizimini yaratish tashabbusini ham ilgari surdi. Bu borada kichik biznes loyihalariga 20 trillion so'm yo'naltirish rejalashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling