Foto: Majburiy ijro byurosi
Fargʻona viloyatining Fargʻona tumanida fuqaroning qarzdorligi sabab uning mashinasi xatlanib, jarima maydonchasiga olib kirildi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, majburiy byuroning Fargʻona tumani boʻlimi ish yurituvida boʻlgan FIB Fargʻona tumanlararo sudining qarzdor fuqarodan undiruvchi ATB Mikrokredit bank foydasiga 35,2 mln soʻm kredit qarzdorligi undirish haqidagi ijro hujjati boʻyicha fuqaro davlat ijrochisi tomonidan bir necha marta ogohlantirilishiga qaramasdan, kredit qarzini toʻlashdan bosh tortib kelgan.
Shundan soʻng, 24-oktabr kuni davlat ijrochisi tomonidan qarzdor qarzdorning Nexia-3 mashinasini boshqarib yurgani aniqlanib, ushlangan va bank foydasiga xatlanib jarima maydonchasiga olib kirilgan.
Xabarga koʻra, qarzdor bank foydasiga qarzini toʻlamagan taqdirda, avtotransport vositasi sotish uchun elektron-onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling