Foto: Akorda
Ostonadagi inauguratsiya marosimida Qosim-Joʻmart Toʻqayev qasamyod qabul qilib, Qozogʻiston prezidenti lavozimiga kirishdi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Ostonada 26-noyabr kuni ertalab boʻlib oʻtgan inauguratsiya marosimida Qosim-Joʻmart Toʻqayev qasamyod qabul qildi va rasman ikkinchi muddatga Qozogʻistonning yetti yilga qaytadan davlat rahbari etib saylandi.
"Qozogʻiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Qozogʻiston konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy amal qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashga, Qozogʻiston Respublikasi prezidentining oʻzimga yuklangan yuksak vazifalarini vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman», — deydi u.
Qayta saylangan davlat rahbari mamlakatda prezidentlik saylovi adolatli va ochiq oʻtganini taʼkidladi.
Tantanali marosim Mustaqillik saroyida boʻlib oʻtdi. Unda Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, hukumat aʼzolari va parlament deputatlari, diplomatlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling