Toshkent viloyatida rashk sabab ayolini o'ldirib qo'ygan erkak qamaldi

U ayolining Telegramida ayol ismi bilan saqlab qoʻyilgan akkauntdagi nomaʼlum erkak bilan ishqiy yozishmalarini koʻrib qolgan

Foto: Daryo<br>

Foto: Daryo

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ayolini xiyonatda ayblab, oʻldirib qoʻyhan 30 yoshli erkakka sud hukmi oʻqildi. Bu haqda Toshkent viloyati sudlari “Repost.uz” ga maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 16-iyun kuni Rossiyada ishdanqaytgan erkak turmush oʻrtogʻi uxlayotganidan foydalanib, uning telefonini olib, Telegramini koʻzdan kechirgan. Tekshirish vaqtida erkak ayolining Telegramida ayol ismi bilan saqlab qoʻyilgan akkauntdagi nomaʼlum erkak bilan ishqiy yozishmalarini oʻqib, audioyozuvlarini eshitgan.

Shundan soʻng, erkak oshxona pichogʻini olib, ikki nafar farzandi bilan uxlab yotgan ayolining koʻkrak, yelka va boʻyin sohalariga bir necha marta pichoq sanchib, oʻldirgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga koʻra, ayolning oʻlimiga “koʻkrak qafasi old va orqa tomonlama koʻkrak boʻshligʻiga teshib kiruvchi sanchib-kesilgan jarohatlari, koʻkrak boʻshligʻi aʼzolari yurak xaltasi, yurak, oʻng va chap tomonlama oʻpkalarni jarohatlanishlari, tanani koʻkrak qafasi old va orqa yuzalari ikkala yelka sohalari koʻplab sanchilib kesilgan yaralari, boʻyin sohasi yuzaki kesilgan yarasi natijasidagi oʻtkir tashqi va ichki qon ketishi sabab boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasida (qasddan odam oʻldirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan va unga nisbatan 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllanilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling