Qatarda bo’lib o’tadigan Jahon chempionati haqida 10 ta fakt

Dunyodagi eng nufuzli futbol musobaqasi bo’lgan Jahon chempionati tarixda birinchi marta Yaqin Sharqda bo'lib o'tadi va Qatar 2022-yilning qishida ushbu turnirga mezbonlik qiladi

Foto: fifa.com

Foto: fifa.com

2022 - yil 20-noyabrda start oladigan jahon chempionatini futbol tarixidagi eng noyob jahon chempionatlaridan biriga aylantiradigan ko‘plab jihatlari bor. Ushbu yildagi jahon chempionati haqidagi eng qiziqarli faktlarni umumlashtirib sizlarga havola etishga harakat qildik.

1. Yaqin Sharqdagi birinchi marta qishda bo’lib o’tadigan jahon chempionati

Ushbu musobaqa jahon chempionatlari orasidagi birinchi bor qishda o’tkaziladigan jahon chempionati bo'ladi.Odatda jahon chempionatlari yozning iyun-iyul oylarida o’tkazilardi.

Biroq, Qatarga kelganda ishlar qiyinlashdi. Yaqin Sharqda joylashgan Qatarda havo harorati 50 darajagacha qiziydi. Bunday sharoitda har qanday jahon chempionatiga mezbonlik qilish deyarli mumkin emas.

Shuning uchun Qatardagi ob-havo tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida Jahon chempionati odatdagidek bo’ladigan yozgi davrdan qishga ko'chirildi. 

2. Eng qimmat jahon chempionati

Qatarda bo'lib o'tadigan 2022-yilgi jahon chempionatiga oid yana bir qiziq fakt - mezbon mamlakat ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko'rish uchun qancha mablag' sarflayotganidir. Hisob-kitoblarga ko'ra, Qatar stadionlar, yo'llar, mehmonxonalar va boshqalarni o'z ichiga olgan infratuzilma loyihalariga 200 milliard AQSh dollari sarflagan. Bu Qatarda o’tadigan mundialni tarixdagi eng qimmat jahon chempionatlaridan biriga aylantiradi.

3. Jahon chempionati o’tkaziladigan stadionlari soni eng kam bo’lgan Jahon Chempionati

Qatar FIFA 2022 ni mezbonlik qilish uchun sakkizta stadionni tayyorlagan, bu so‘nggi jahon chempionatlari o‘tkazilgan mamlakatlar orasida eng kam ko’rsatkich hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, turnirni o‘tkazish uchun tanlangan sakkizta maydondan faqat bittasi to‘liq ta’mirlangan, qolgan yettitasi esa noldan qurilgan.

Al Janoub Stadium, Foto: marhaba.qa

Al Janoub Stadium, Foto: marhaba.qa

Faqatgina Argentina 1978 - yilda oltita stadionga ega bo'lgan futbol bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgan birinchi davlat sifatida qayd etilgan. 

4. Mundialga tashrif buyuruvchilarning rekord darajadagi soni

2022-yilgi JCh-2022 turnir yakuniga qadar rekord darajadagi tashrif buyuruvchilarni qabul qilinadi deb tahmin qilishmoqda.

Buning sababi -Yaqin Sharqdagi eng yaxshi davlatlardan biri bo'lgan Qatar dunyoning markazida joylashgan va dunyodagi ko'pchilik mamlakatlarga yaqin. Shu bois, 2022-yilgi jahon chempionati boshlanganda butun dunyodan rekord darajadagi tashrif buyuruvchilar kelishi kutilmoqda.

Foto: arabmir.net

Foto: arabmir.net

Qatar Airways va Hamad xalqaro aeroporti mamlakatga rekord darajadagi tashrif buyuruvchilarni olib kelish uchun birlashadi. Bir oy davomida Qatarga har kuni 1300 ta reys kelishi taxmin qilinmoqda.

5. Bir shahardan boshqa shaharga ko’chish oson va qulay

Qatardagi jahon chempionatiga oid yana bir qiziq fakt uning ixchamligidir. Yuqorida aytib o'tilganidek, Jahon chempionati Qatarga rekord darajadagi tashrif buyuruvchilarni jalb qiladi. Ammo mamlakat ichida harakatlanish qanday bo’ladi? 

Bu mamlakatning maydoni juda kichik bo'lganligi sababli,(solishtirish uchun, bu davlatning yer maydoni O’zbekistonnikidan 40 marta kichikroq) bu yerda bir joydan ikkinchi joyga sayohat qilish muammo emas. Doha, Lusail, Al Vakra va Al Rayyan kabi mezbon shaharlar bir-biriga yaqin joylashgan. Shuning uchun, bir joydan ikkinchi joyga ko'chish sayohatchilarga muammo tug’dirmaydi. Bu muammo, misol uchun, Rossiyada kuzatilgan, mamlakat katta bo’lganligi sabab, futbolchilar u shahardan bu shaharga ko’chib yurishga qiynalishgan.

Jahon Chempionati boshlanganidan keyin Doha metrosi muhim vazifani bajaradi. Qatardagi jahon chempionati vaqtida metro liniyasi bir millionga yaqin odamni olib o'tishi taxmin qilinmoqda.

Foto: researchgate.net

Foto: researchgate.net

Doha metro liniyasi jahon chempionati o'tkaziladigan barcha joylarni bog'laydi.

Ayni paytda, Qatarning ikkita eng chekka stadionlari Al Bayt va Al Vakrah atigi 90 mil ( taxminan 145km)  uzoqlikda joylashgan.

6. Fan zonasi arzon spirtli ichimliklarni ta'minlaydi

Shu kungacha Qatarda jahon chempionati vaqtida spirtli ichimliklar bor bo’lishi haqida ko'p gapirilgan. Biroq, stadionda muxlislarga spirtli ichimliklar berilmasa-da, Qatar albatta ish berishi mumkin bo'lgan yechim topdi.

Foto: youtube.com

Foto: youtube.com

Butun mamlakat bo‘ylab fan-zonalar yaratilib, u yerda spirtli ichimliklar arzonroq narxlarda sotiladi. Bu Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatining umumiy konsepsiyasi bo'ladi va muxlislar arzon spirtli ichimliklar olish bilan birga bevosita fan-zonasidagi jonli translyatsiyadan bahramand bo'lishlari mumkin bo'ladi.

7. Stadion to’liq konditsioner bilan jihozlangan

Foto: sportingnews.com

Foto: sportingnews.com

JCH qishda bo’lishiga qaramay, kunduzgi harorat juda yuqori bo'lishi mumkin. Qatar esa  buning yechimini topdi. Mamlakat konditsionerli stadionda jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Sakkizta stadionning barchasi to‘liq konditsioner bilan jihozlangan bo‘lib, muxlislarga qulay tomosha qilish imkoniyatini beradi.

8. Yevropa va Yaqin Sharq o‘rtasidagi madaniy tafovutni bartaraf etish

Qatarda bo'lib o'tadigan 2022-yilgi jahon chempionati Yevropa va Yaqin Sharq o'rtasidagi madaniy tafovutni bartaraf etishga yordam beradi. Bu ikki dunyoni birlashtirish va odamlarga birga dam olishga yordam berish uchun imkoniyat bo'ladi.

Qatar bu borada juda katta kuch sarfladi va natijalarni jahon chempionatidan keyin ko'rish qiziq bo'ladi.

9. Ikkinchi marta  jahon chempionati Osiyoda o'tkaziladi

Qatar nafaqat 2022-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan birinchi Yaqin Sharq davlati bo‘ladi, balki bu nufuzli musobaqa Osiyoda ikkinchi marta o‘tkaziladigan davlatga aylanadi. Bundan avval 2002-yilda Yaponiya va Janubiy Koreya Osiyoda birinchi marta JCH ga mezbonlik qilgan.

Shuning uchun FIFA 2022 Qatar uchun alohida voqea hisoblanadi.

10. Muxlislarni Qatar Hospitality kutmoqda


Qatar Hospitality haqida eshitganmisiz? Gap shundaki, bu mamlakat o'zining saxovatli arab mehmondo'stligi bilan mashhur va sayohatchilarni hayratda qoldirishda davom etmoqda. Qatardagi har bir mehmonxona, jamoat parki yoki hatto savdo markazi qulaylikni hisobga olgan holda yaratilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling