JCH-2022. Angliya Eronga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Uchrashuv boshida Eron termasi darvozaboni jiddiy jarohat oldi

Futbol bo‘yicha JCH—2022 1-tur o‘yinida Angliya va Eron terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Bahsda yevropaliklar osiyoliklarga hech qanday imkon qoldirmadi, ular yirik 6:2 hisobida zafar quchdi. Uchrashuv boshida Eron jamoasi darvozaboni himoyachi bilan to'qnashib jiddiy jarohat oldi va uchrashuvni davom ettira olmadi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Bellingem, Saka (dubl), Sterling, Reshford va Grilish kiritgan gollarga Taremi ikki bor javob qaytardi.

JCh-2022. Angliya – Eron 6:2

21-noyabr, 18.00, "Xalifa” stadioni

Gollar: 1:0 – 35 Bellingem, 2:0 – 43 Saka, 3:0 – 45 Sterling, 4:0 – 62 Saka, 4:1 – 65 Taremi, 5:1 – 71 Reshford, 6:1 – 89 Grilish, 6:2 - 90+12 Taremi (penaltidan).

Angliya – Pikford, Trippyer, Maguayr (Dayer, 70), Stounz, Shou, Rays, Maunt (Foden, 71), Saka (Reshford, 71), Bellingem, Keyn (Uilson, 76), Sterling (Grilish, 71).

Eron – Beyranvand (Xosseyni, 19), Muharrami, Puraligandji, Cheshmi (Kanaanizadegan, 46), Hussayni, Muhammadi (Torabi, 63), Jahonbaxsh (Golizade, 46), Hojisafi, Karimi (Izzatullohi, 46), Nurullohi (Azmun, 77), Taremi.

Ogohlantirishlar: Jahonbaxsh (25), Puraligandji (48).

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling