O'zbekiston hech qanday jangovar dronlar ishlab chiqarmaydi — Mudofaa sanoati davlat qo'mitasi

Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi OAV orqali tekshirilmasdan turib ma'lumot tarqatish Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar bilan doʻstona munosabatlariga salbiy taʼsir koʻrsatishiga sabab boʻlishi mumkinligi aytildi 

Foto: Focus

Foto: Focus

Oʻzbekiston Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi ommaviy axborot vositalarida tarqagan, Oʻzbekiston Ukrainadagi harbiy xarakatlarda qoʻllanilayotgan Eron jangovar dronlarini ishlab chiqarish (yigʻish) maydoni ekanligi toʻgʻrisidagi xabarlarni qatʼiy inkor etdi.

Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston hozirgi kunga qadar hech qachon Eron tomoni bilan hamkorlikda qurol-yarogʻ va harbiy texnika ishlab chiqarmaganligini va hozirgi kunda ham ishlab chiqarmayotganini maʼlum qildi.

Shu munosabat bilan, Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi OAV orqali tekshirilmasdan turib tarqatilayotgan bu kabi xabarlar jamoatchilik eʼtiborini yolgʻon maʼlumotlar bilan chalgʻitishi hamda Oʻzbekistonning xorijiy davlatlar bilan doʻstona munosabatlariga salbiy taʼsir koʻrsatishiga sabab boʻlishi mumkin deb hisoblaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling