Foto: RT
Prezident Aleksandr Lukashenko Belarus Ukrainadagi urushda qatnashayotganini tasdiqladi. Bu haqda "БЕЛТА" xabar bermoqda.
Harbiy xavfsizlik masalalari bo'yicha yig'ilishda so'zga chiqqan Lukashenko Belarusning "maxsus operatsiya" bo'yicha pozitsiyasi haqida ma'lum qildi.
"Belarusning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyadagi ishtiroki haqida gapiradigan bo'lsak, biz u yerda qatnashyapmiz. Biz buni yashirmaymiz. Ammo biz hech kimni o'ldirmaymiz. Biz harbiylarimizni hech qayerga yubormaymiz. Biz o‘z majburiyatlarimizni buzmayapmiz”, — deydi u.
Uning ta'kidlashicha, ushbu harbiy operatsiyada mamlakatning ishtiroki mojaroning Belarus hududiga tarqalishini, shuningdek, Polsha, Litva va Latviyadan “maxsus operatsiya” niqobi ostidagi zarbalarni oldini olishdan iborat.
Lukashenkoning so'zlariga ko'ra, Belarus nafaqat ruslarni, balki boshqa millat vakillarini ham qornini to'ydirish va yaradorlarni davolash bilan shug'illanyapti.
"Biz kuniga 400-500 nafar Ukrainadan kelgan qochqinlarni, kambag'allarni qornini to'ydiryapmiz. Xo'sh, ularni qanday och qoldirish mumkin, qanday qilib davolamaslik mumkin?! Bu bizning harbiy operatsiyadagi ishtirokimiz. Boshqasi yo‘q va bo‘lmaydi ham”, — deydi Lukashenko.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling