Foto" Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Samarqandda oʻtkazilgan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishida qoʻshni Afgʻonistonda tinchlikni taʼminlash haqida gapirdi.
Uning taʼkidlashicha, xalqaro hamjamiyatning ustuvor vazifalari Afgʻonistondagi insoniy halokatining oldini olish, mamlakat iqtisodiyotini tiklash va mintaqaviy savdo-iqtisodiy aloqalarga integratsiya qilish, bu mamlakatda muhim infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishdan iborat boʻlishi kerak.
Shu bilan birga, vazir YXHT hamkorlarini Oʻzbekiston tomonidan Afgʻonistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash va gumanitar yordam koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarga qaratdi.
Yigʻilish davomida “Termiz – Mozori Sharif – Qobul – Peshovar” temir yoʻl loyihasini amalga oshirilishi Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, Afgʻonistonni iqtisodiy hamkorlikka jalb etish va uni bu ikki mintaqani bogʻlaydigan koʻprikka aylantirish uchun katta imkoniyatlar ochishi taʼkidlandi.
Shuningdek, Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov YXHT hamkorlarini uzoq qiyin vaziyatdagi afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatish uchun Termiz shahridagi Xalqaro transport va logistika xabidan foydalanishga, shuningdek, Afgʻoniston iqtisodiyoti uchun mutaxassislar tayyorlash uchun Termiz shahrida Taʼlim klasterini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlashga taklif qildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling