Shifokorlarga qo'shimcha ustama to'lanadigan hududlar ro'yxati tasdiqlandi

Ushbu hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

O‘zbekistonda shifokorlarga qo‘shimcha ustama to‘lanadigan olis va chekka hududlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Ma'lum qilinishicha, hukumat qarori (510-son, 19.09.2022 y.) bilan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha har oylik ustama to‘lanadigan olis va chekka hududlar (297 ta) ro‘yxati tasdiqlangan.

Qayd etilishicha, olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlari uchun "Qishloq shifokori" dasturi doirasida:

- olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 million so‘m miqdorida har oylik ustama belgilangan. Shu bilan birga ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan (150 million so‘mdan) oshmagan miqdorda qoplab beriladi;

- olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling