Foto: daily mail
Buyuk Britaniya hukumati 3 yildan so'ng Yorkshire shahrida “aqlli qamoqxona” ochilishini e'lon qildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, qamoqxonada mahbuslar kameralarida planshetlar mavjud - ammo barcha qurilmalar internetga ulana olmasligi uchun "qattiq xavfsizlik" choralari ko'rilgan.
Foto: daily mail
Buyuk Britaniya hukumati Sharqiy Yorkshirdagi Full Sutton shahridagi yangi “aqlli” qamoqxonani uch yildan so‘ng ochilishini e’lon qilgan.
Ushbu ko'zda tutilgan ob'ekt qurilishini boshlash uchun Kier qurilish firmasi bilan 400 million funt sterlinglik shartnoma imzolangan.
Foto: daily mail
Qayd etilishicha, mahbuslar kameralardagi noutbuk va planshetlardan foydalanishlari mumkin, ammo ular faqatgina "xavfsiz qamoqxona intranetiga" ulana oladilar.
Bundan tashqari, mahkumlar gadjetlar orqali qamoqxona shifokori qabuliga yozilishi, kutubxonadan kitob olish uchun ariza berish, qancha kredit haqida xabardor bo'lish, oilasiga qo'ng'iroq qilish imkoniyatlariga ega bo'ladilar.
Ushbu ob'ektga yengil jinoyat sodir etgan shaxslargina jazoni o'tash uchun joylashtiriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling