Videodan lavha
Toshkentda qaynona oʻz kelini tomonidan yashash xonadonida pichoqlandi. Bu haqda “Millar” dasturida maʼlum qilindi.
Aniqlanishicha, tunggi soat 03:00 atrofida kelin qaynonasi uxlayotgan xonaga kirib, unga 20 marotaba pichoq urgan.
“Menga 20 marotabadan koʻp pichoq urdi, agar uygʻonmaganimda aniq meni oʻldirib ketardi. Hozir bitta qoʻlim umuman ishlamayapti, lekin kelinim hali ham ozodlikda” — deydi jabrlanuvchi qaynona.
Oila-aʼzolarining soʻzlariga koʻra, kelin ruhiy sogʻlom boʻlgan. Mazkur holatga kelin va qaynona oʻrtasidagi nizoli holatlar sabab boʻlgan. Avvalroq, kelin qizlik xonadoniga ketib qolgan va 30-oktyabrda buvisi qaytarib kelinlik uyiga olib kelgan. Qudasiga esa oʻzini va oʻgʻlini aytganini qilmayotganligini, qizini bir oyga olib ketib uy-ishlarini oʻrgatishini aytgan.
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan JKning 109-moddasi (qasddan badanga shikast yetkazish) bilan jinyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling