Futbol qiroli tuzalib ketishiga umid qilayotgan Ronaldu, Chexiyada mashg'ulot olib borayotgan Mahmud Murodov, yura olmay qolgan Dastin Porye — kunlik sport dayjesti

Ushbu materialda eng muhim kunlik sport xabarlari bilan tanishib borishingiz mumkin

Foto: UFC.ru

Foto: UFC.ru

Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.

Ronaldu: “Qirolimiz tuzalib ketishiga umid qilaman”

Foto: Twitter

Foto: Twitter

JCH-2022 1/8 finalida Shveysariya ustidan qoʻlga kiritilgan yirik gʻalabadan keyin Portugaliya TJ forvardi Krishtianu Ronaldu Pelega sogʻlik tiladi.

Avvalroq, afsonaviy braziliyalikning tanasi saraton kasalligini davolash uchun olayotgan kimyoterapiyaga javob bermay qolgani xabar qilingandi.

“Umid qilamanki, Pele tuzalib ketadi. Qirolimiz sogʻayishi kerak. Bu men xohlayotgan narsa”, degan Ronaldu.

EtoʻO futbol muxlislaridan uzr soʻradi

Kamerun futbol federatsiyasi prezidenti Samyuel EtoʻO Braziliya - Janubiy Koreya uchrashuvidan keyin jazoirlik blogerni tepgani uchun uzr soʻradi.

“Shu yilning 5-dekabr kuni JCH-2022 doirasida Braziliya - Janubiy Koreya uchrashuvidan keyin Jazoir termasi muxlisi bilan janjallashib qoldim. Oʻz xatti-harakatlarimni boshqara olmay, oʻz nomim, shaxsiyatimga mos kelmaydigan munosabatda boʻlganim uchun barchadan uzr soʻrayman.

Jazoir tomonidan boʻlayotgan provokatsiyalarga qarshi turishga qattiq harakat qilaman. 29-mart kuni Kamerun - Jazoir uchrashuvidan keyin men koʻplab muxlislar tomonidan haqoratlar va ayblovlarga duch kelyapman. Ushbu jahon chempionati davomida ham kamerunlik muxlislar bu borada jazoirliklar tomonidan taʼqib qilindi.

Oʻsha uchrashuvda Jazoir haqli tarzda magʻlub etildi, bu sport prinsiplari va qoidalariga mos ravishda boʻldi.

Jazoir futbol federatsiyasi tomonidan boʻlgan koʻplab yurisdiksiya murojaatlariga rad javobi berildi. Shu sababli Jazoir hukumatidan ushbu nosogʻlom futbol raqobati bois jiddiy fojea chiqib ketishini oldini olishini soʻrab qolardim.

Barchaga tinchlik va muvaffaqiyat tilab qolaman. Magʻlubiyat umidsizlik degani emas. Uni shunchaki ortda qoldirib ketish kerak”, - deb yozadi EtoʻO oʻz Instagram'ida.

Dastin Poryening sogʻligʻi yomonlashdi 

Shifoxonaga yotqazilganidan bir sutka oʻtib, Dastin Poryening sogʻligʻi yomon tomonga oʻzgardi.

Amerikalik UFC jangchisi sogʻligʻining ijobiy tomonga oʻsish dinamikasi kuzatilmayapti. Bu haqda uning rafiqasi xabar berdi va hatto ijtimoiy tarmoqqa tegishli videoni ham joyladi.

“Hech qanday oʻzgarish kuzatilmayapti. Aksincha, hammasi dahshatli koʻrinmoqda”, - deya videoga izoh ham qoldirgan Porye xonim.

Eslatib oʻtamiz, Dastin Porye stafilokok infeksiyasini yuqtirib olgan va buning natijasida yura olmay qolgandi. Antibiotiklar taʼsir qilavermagach, aralash yakkakurash ustasini shifoxonaga joylashtirishgan edi.

Mahmud Muradov Chexiyada mashgʻulot olib bormoqda

Mahmud Muradov navbatdagi jangiga Chexiyada tayyorgarlik olib bormoqda.

Oʻrta vaznda oʻzbekistonlik UFC jangchisi, 32 yoshli Mahmud Muradov (25-8) Instagramdagi sahifasiga mashgʻulotlaridan video joyladi. Muradov ayni damda Chexiyada boʻlib turibdi.

“Muvaffaqiyat siri, garchi umuman sir boʻlmasa ham, qilayotgan ishingizga boʻlgan muhabbat, motivatsiya, energiya va tartib-intizomdadir.

Bularning barchasi doimo gʻalaba qozonish imkonini beradi. Mehnat, intiluvchanlik va gʻalaba qozonish istagi shunchaki sportchini chempiondan ajratib turadi”, - deya mazkur videoni izohlagan UFC jangchisi.

Brunu Fernandesh Ronaldu haqida: “Hatto uchinchi darvozabonga ham zaxirada oʻtirish yoqmaydi”

Foto: Open source

Foto: Open source

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning holati haqida gapirdi.

Xabaringiz bor, Krish JCH 1/8 finalida Shveysariya bilan oʻyinda (6:1) jamoa asosiy tarkibiga kiritilmadi.

“Sizningcha, kimdir zaxira oʻrindigʻida oʻtirishni yaxshi koʻradimi? Hatto uchinchi darvozabon ham zaxira oʻrindigʻida oʻtirganidan unchalik xursand boʻlmasa kerak. Krishtianu xursand deb oʻylaysizmi? Agar murabbiy keyingi oʻyinda meni zaxira oʻrindigʻiga qoʻyganida, men ham ranjigan boʻlardim.

Krishtianu – barcha davrlarining eng mashhur futbolchisi. Sportda Ronaldudan mashhurroq odam yoʻq. Odamlar Krishtianuni koʻrish uchun kelishi normal holat. Men bunda hayratlanarli narsani koʻrmayapman”, – dedi Brunu Fernandesh.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling