Foto: UFA
Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.
Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Qozog'iston terma jamoasini mag'luiyatga uchratdi
Foto: UFA
16-noyabr kuni Oʻzbekiston TJ oʻz maydonida Qozogʻistonni 2:0 hisobida taslim etishga erishdi.
Uchrashuvda hisobni ochgan Hojimat Erkinov termadagi 2-golini urishga erishdi. U 14-oʻyinida qatnashdi. Bundan oldinroq futbolchi Kamerun (2:0) darvozasini ishgʻol etgandi.
Eldor Shomurodov esa termadagi 60-uchrashuvini oʻtkazdi va bu borada Viktor Karpenko bilan tenglashdi. U gollari sonini 33 taga yetkazib, Maksim Shaskixning rekordi (34 ta)ga yaqinlashdi.
Goal: Messi “Oltin toʻp” uchun nomzodlar orasida eng yuqorida
Foto: YouTube
Argentinalik hujumchi Lionel Messi “Goal” nashriga koʻra, 2023-yilda “Oltin toʻp”ga ega chiqishi mumkin boʻlgan nomzodlar orasida birinchi oʻrinda ekani qayd etildi.
Kuchli uchlikka 35 yoshli super yulduzning ikki jamoadoshi - Neymar va Killian Mbappelar kiritilgan. Yuqoridagi oʻntalikda gruziyalik futolchi “Napoli” aʼzosi Xvicha Kvarasxeliya ham joy olgan.
“Oltin toʻp” uchun nomzodlar top oʻnligi qoʻyidagicha:
- Lionel Messi – “PSJ”;
- Neymar – “PSJ”;
- Kilian Mbappe – “PSJ”;
- Erling Xoland – “Manchester Siti”;
- Robert Levandovski – “Barselona”;
- Vinisius Junior – “Real Madrid”;
- Kevin De Bryoyne – “Manchester Siti”;
- Jamal Musiala – “Bavariya”;
- Muhammad Salah – “Liverpul”;
- Xvicha Kvarasxeliya – “Napoli”.
19 yoshli Karlos Alkaras tennis tarixiga kirdi
Foto: XSport.ua
US Open-2022 chempioni, ispaniyalik 19 yoshli tennischi Karlos Alkaras serb Novak Jokovich oʻrnatgan rekordni yangilab, tarixga kirdi.
Yosh ispan mavsum boshida ATP reytingida 32-oʻrinda edi, 31 pogʻona sakrab 2022-yilni 1-oʻrinda yakunladi. Bu tennis tarixida jahonning birinchi raketkasi uchun mavsumni yakunlash boʻyicha mutlaq koʻrsatkich sanaladi.
Novak Jokovich besh yil avval mavsumni 12-oʻrinda boshlab, 1-oʻrinda yakunlagandi. 20 yil muqaddam esa amerikalik Endi Roddik 10-oʻrindan eng yuqori oʻringa sakragan.
Ulugʻbek Rashidov Jahon chempionatida yutqazib qoʻydi
Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulugʻbek Rashidov Meksikaning Gvadalaxara shahrida boʻlib oʻtayotgan taekvondo WTF boʻyicha Jahon chempionatida muvaffaqiyatsiz qatnashdi.
-68 kg vazn toifasida u dastlab Puerto-Riko vakilini yirik hisobda magʻlubiyatga uchratdi. Ammo chorak finalda kutilmaganda ozarbayjonlik Javod Agayevga yutqazib qoʻydi va jahon chempionatini medalsiz yakunladi.
Bekxem Ronalduni qoʻllab-quvvatladi va uni oʻz klubiga taklif qildi
Foto: YouTube
“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda Amerikaning “Inter Mayami” klubi xoʻjayini Devid Bekxem mankunianlar hujumchisi Krishtianu Ronalduni oʻz jamoasiga chaqirmoqda.
Bekxem “Manchester Yunayted” oʻz futbolchisiga hurmatsizlik koʻrsatdi, deb hisoblaydi. Shuningdek, Ronalduni tanqid qilgan “qizil iblislar” sobiq futbolchilarini ham qoraladi.
Ronaldu joriy mavsum Angliya jamoasi safida 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Portugaliya terma jamoasi futbolchisining mankunianlar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozigacha moʻljallangan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling