Foto: jiss.org.il
AQSh prezidenti Jo Bayden yaqinda “Eronni ozod qilish” niyatini e’lon qildi.
Kaliforniyada nutq so‘zlagan oq uy rahbariga zaldagi qatnashchilardan biri Eron mavzusida savol berdi.
“Xavotir olmang, biz Eronni ozod qilamiz”– degan Bayden.
Shu bilan birga, u darhol “ular tez orada o‘zlarini ozod qilishadi” deb qo‘shimcha ham qilgan. Amerika rahbari hech qanday tafsilotlarni keltirmagan, ammo zal uning so‘zlariga ma’qullash bilan javob bergan.
Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning fikricha, uning mamlakati 43 yil oldin ozod qilib bo'lingan. Bu haqda u Amerikaning Tehrondagi sobiq elchixonasida Islom inqilobi tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqida aytgan.
Raisiy Amerika rahbari Jo Baydenning Eronni ozod qilish haqidagi so‘zlariga quyidagicha izoh bergan.
“Eron 43 yil oldin ozod qilingan va Amerikaga ortiq asir bo‘lmaydi”.
Eron prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Amerika o‘z manfaatlari uchun butun dunyoda ko‘plab odamlarni yo‘q qilishga tayyor.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling