Videodan kadr
Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanida qariyb 3,2 mlrd soʻmlik muddati oʻtgan dorilar savdosining oldi olindi.
DXX tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida istiqomat qiluvchi, 46 yoshli fuqaro oʻzining yashash xonadonida yashirin sex tashkil etib, xorijda ishlab chiqarilgan va yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalarini qayta qadoqlash orqali sotuvga chiqarish bilan shugʻullanganligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, ushbu manzildan 34 turdagi 445 ming dona dori vositalari topilgan. Ulardan 24 turdagi dori vositalari Fransiya, Germaniya, Belgiya, Vengriya, Turkiya, Rossiya, Hindiston, Ukraina davlatlarida ishlab chiqarilgan boʻlib, yaroqlilik muddati 2007-2020 yillar oraligʻida tugagan.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, ushbu dori vositalarining umumiy qiymati 3 mlrd 185 mln 250 ming soʻmni tashkil etadi.
Shuningdek, noqonuniy sexda qadoqlash va dori vositalarining muddatini oʻzgartirish uskunalari, qalbaki shtamp va muhrlar borligi ham maʼlum boʻldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling