Foto: Mo'ynoq tuman hokimligi matbuot xizmati
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻnoq tumanida kuchli shamol hokimlikning eski binosi tomini uchurib yubordi. Bu haqda tuman hokimiyati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur voqea 14-noyabr kunis soat 16:00 atrofida sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida binoning kirish qismi va teraklarga ziyon yetgan. Shuningdek, internet aloqasi uzilib, viloyat telekommunikatsiya kompaniyasi tomonidan yangi kabellar oʻrnatilgan.
Maʼlum qilinishicha, voqea oqibatida jarohatlanganlar va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda vayron boʻlgan qurilish materiallari yigʻilib, binoni qayta tiklash ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling