Namanganda daryoga cho'kib ketgan qiz hali ham qidirilmoqda

Qiz dugonalari bilan cho'milishga borgan va cho'milish vaqti cho'kib ketgan

Foto: Namangan viloyati FVB matbuot xizmati<br>

Foto: Namangan viloyati FVB matbuot xizmati

Joriy yilning 16-avgust kuni Norin tumanidan oqib o'tuvchi "Qoradaryoda" 12 yoshlik qiz cho'kib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lum qildi.

Xabarga ko'ra, qiz o'rtoqlari bilan cho'milishga borib, cho'milish vaqtida cho'kib ketgan.

Ma'lum qilinishicha, qizcha cho'kib ketgan kundan buyon Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining suvda qutqaruv-qidiruv guruhi suv ostida qidiruv olib bormoqda.

Shuningdek, Norin, To‘raqo‘rg‘on, Pop tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar hodimlari va ko‘ngilli fuqarolar bilan birgalikda suv ustida qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Biroq, qidiruvlarga qaramay, qizcha hali topilmagan.

"Hurmatli fuqarolar farzandlaringizni cho'milish taqiqlangan joylarda cho'milishiga ruxsat berib, hayotiga zomin bo'lmang", — deyiladi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabarida.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling