Otasini o'ldirgan farg'onalik yigit qamaldi – video

Aniqlanishicha, marhum ichkilikka ruju qo'ygan va muntazam ravishda ayolini urib kelgan

Foto: Ichki Ishlar Vazirligi<br>

Foto: Ichki Ishlar Vazirligi

Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida 16-may kuni otasini oʻldirgan yigitga sud hukmi o'qildi. Bu haqda "Zamon" informatsion dasturida xabar berildi.

Maʼlum qilinishicha, ota spirtli ichimlikka ruju qoʻygan. Shuningdek u oʻz ayolini muntazam ravishda kaltaklab kelgan. Ayblanuvchining tergov va sud jarayonida bergan koʻrsatmalariga koʻra, uning otasi spirtli ichimlikka mukkasidan ketgani sabab bir necha bor oilaviy kelishmovchiliklar kelib chiqqan.

Aniqlik kiritilishicha, jinoyat sodir etilgan kun erkak uyga kelib, xotinidan nafaqa pulini berishni talab qilgan va yana aroq sotib olishini bildirgan. Ayol pul yoʻqligini aytganida er uni urgan.

Shundan soʻng, holatga guvoh boʻlgan yigit otasiga tashlanib koʻkrak qismiga bir necha bor tepgan va kiyim bogʻichi bilan boʻgʻib oʻldirgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Dangʻara tuman sudida koʻrilgan ish jarayonida sudlanuvchining koʻrsatmalari, hujjat va dalillarga tayanib hukm eʼlon qilingan.

Unga koʻra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblanib, unga 10 yillik muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling