Qirol Charlz III onasidan qolgan poyga otlarini kimoshdida sotib yubordi

Britaniya qiroli otlar savdosidan jami 1 mln 75 ming funt sterling ishladi

Foto: Thelist.com

Foto: Thelist.com

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III onasi — Yelizaveta II dan meros qolgan poyga otlarini kimoshdida sotib yubordi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Nashrning yozishicha, jami 14 ta ot, jumladan, qirolicha vafotidan ikki kun avval Gudvud poygasini yutgan "Love Affairs" laqabli ot yangi egalari qoʻliga oʻtdi. Monarx  kimoshdidanjami 1 mln 75 ming funt sterling ishladi, har bir ot auksionda oʻrtacha 75 ming funtdan baholangan.

Shuningdek Charlz III jonivorlar sonini qisqartirishiga qaramay, ot sporti qirollik oilasining ajralmas qismi boʻlib qolishi maʼlum qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar