Toshkentda Nexia-1 va 140 ming dollarlik Audi avtomobillari to‘qnashib ketdi – video

Birinchi avtomashina haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan

Foto: IIB matbuot xizmati.

Foto: IIB matbuot xizmati.

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida Nexia-1 va Audi e-tron GT avtomobillari to‘qnashib ketdi, deb xabar berdi  IIB matbuot xizmati.

Yo‘l-transport hodisasi 7-sentabr kuni soat taxminan 10:20 da Katta Qani ko‘chasida sodir bo‘lgan. Mashinalarning aynan qanday to‘qnashuvi aniqlanmagan, faqat haydovchilarning ma’lumotlari keltirilgan. Nexia-1 rusumli avtomashinani 69 yoshli fuqaro, Audi e-tron GT rusumli avtomashinani esa 48 yoshli odam boshqargan.

Nexia-1 haydovchisi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, Audi e-tron GT egasi bilan nima sodir bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.

Huquq-tartibot organlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar