Rossiyada Su-34 qiruvchi samolyoti turar joy binosiga qulashi oqibatida 13 kishi halok bo'ldi

Hodisa natijasida 19 kishi tan jarohati oldi, 68 kishi qutqarilgan.

Foto: ntv.ru

Foto: ntv.ru

Rossiyaning Yeysk shahrida yong‘indan keyin vayronalarni tozalash ishlari yakunlandi va 13 kishi halok bo‘lgani xabar qilindi. Bu haqda "Interfaks" xabar berdi.

Yeyskda Su-34 qiruvchi samolyoti halokatga uchraganidan keyin turar-joy binosi vayronalari tozalandi. Halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

"Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida yana 10 kishining jasadi topildi. Shu tariqa halok bo‘lganlarning umumiy soni 13 kishini tashkil etdi, ulardan 3 nafari bola", — deyiladi vazirlik xabarida.

Hodisa natijasida 19 kishi tan jarohati oldi, 68 kishi qutqarilgan. Ko‘p qavatli uydan 360 dan ortiq aholi evakuasiya qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Yeyskdagi harbiy samolyot halokati oqibatida dastlab uch kishi kishi halok bo‘lgani aytilgandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar