Foto: Repost.uz
Dam olish kunlari O'zbekistonda havo harorati tushishi mumkin. Bu haqda "O'zgidromet" xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog'iston Respublikasida qisqa muddatli yomg'ir yog''ishi kutilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, 8-oktyabr kuni havo harorati 24-27 daraja bo'lishi kutilmoqda. mamlakatning shimol va cho'lli hududlarida shamol tezligi 15-18 m/s gacha ko'tarilishi, ayrim hudularda chang-to'zonlar kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, 9-oktyabr kuni havo sovishi kutilmoqda. Xabarga ko'ra, havo harorati kechasi 5-8, kunduzi esa 20-24 daraja bo'ladi.