Oʻzbekistonda qishning ilk kunlarida qor yog'ishi aytildi

Baʼzi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Oʻzbekistonda kuz faslining oxirgi kunlari salqin va yomgʻirli ob-havo bilan kuzatiladi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet”.

Qayd etilishicha, 28-noyabr kuni respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, shimolda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Qolgan hududlarda esa tuman tushishi saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 12-17 daraja, shimolda 0-5 daraja iliqni tashkil etadi. Baʼzi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.

Seshanba va chorshanba kunlari shimoliy hududlardan tashqari Oʻzbekistonning qolgan barcha hududlari boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 29-noyabrda ayrim joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Ushbu kunlarda harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliqni tashkil etadi.

Oʻzbekistonda qish oʻz vaqtida boshlanadi. 1-dekabrga oʻtar kechasi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanishi mumkin) boʻladi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq boʻladi, kunduzi 2-7 daraja iliqdan oshmaydi.

2-dekabarda mamlakat hududida kam bulutli va sovuq ob-havo boʻlishi kutilmoqda, havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqgacha, kunduzi 0-5 daraja iliqgacha pasayadi. 29-noyabr – 1-dekabrda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yogʻingarchilik vaqti-vaqti bilan kuchli boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling