Foto: Foto.uz
3-oktyabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat markaziy va sharqiy hududlarda front kirib kelishida biroz beqarorlik kuzatiladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 24-26 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
Ma'lum qilinishicha, 4-oktyabrdan 7-oktyabrgacha bo‘lgan keyingi kunlarda ob-havoni antitsiklonning janubi-g‘arbiy periferiyasi belgilaydi.
Xabarga ko'ra, 5-oktyabrda antitsiklon periferiyasining kuchayishi hisobiga janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Havo harorati kechalari 8-13 daraja, kunduzi 4-6-oktyabrda 21-26 daraja, 7-oktyabrda 23-28 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling