Dam olish kunlari Oʻzbekistonda qanday ob-havo bo'ladi?

Barcha hududlarda quruq ob-havo saqlanib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushadi

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Sinoptiklar hafta soʻnggida kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Ma'lum qilinishicha,  25-noyabr kuni Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi. Ertalab shimoliy hududlarda va Fargʻona vodiysining baʼzi joylarida tuman tushishi hisobiga koʻrinuvchanlik yomonlashishi mumkin. Harorat  darajada yuqori, +15...+17 daraja iliq, janubda +20 daraja iliq atrofida boʻladi.

Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududiga markazi Qozogʻiston ustida boʻlgan sovuq antisiklon taʼsir etadi. Havo harorati kechalari +3...+8 darajagacha iliq, kunduz kunlari +8...+13 darajaga yetadi.

Ushbu kunlarda respublikaning barcha hududlari boʻyicha quruq ob-havo saqlanib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushadi.

Sovuq havo kirib kelishi natijasida shimol va choʻl hududlarining baʼzi joylarida shamol tezligi soatiga 15-20 m/s gacha kuchayadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling