SHHT sammiti munosabati bilan Samarqand shahridagi maktablarda darslar 19-sentabrdan boshlanadi. Bu haqda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, bunday qarorga kelishga sabab Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining oliy darajadagi navbatdagi sammiti, shuningdek qator хorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari ko'rsatilgan.
"Mazkur jarayonlar va tadbirlar o‘tkaziladigan hududlarga yaqin joylarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, aholiga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari joriy yilning 19-sentabr sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz", — deyiladi XTB xabarida.
Qayd etilishicha, Samarqand shahridagi maktab o‘quvchilarining qoldirilgan dars soatlari o‘quv yili davomida ta’tillar hisobidan to‘ldiriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling