Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi — video

Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Qamchiq dovonida “Volvo” rusumli yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 18-noyabr kuni soat taxminan 03:00 larda Namangan viloyati, Pop tumani hududidan oʻtuvchi A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 233-kilometrida sodir boʻlgan. Unga koʻra, 40 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Volvo” rusumli yuk mashinasida qisqa tutashuv sodir boʻlgan va uning natijasida yongʻin yuzaga kelgan.

Xabarga koʻra, yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida vafot etgan va tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq.

Hozirda mazkur holat yuzasidan FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar