Britaniyaliklar "mast" arilar hujumiga uchramoqda

Ushbu yilda ari chaqishi bilan bog'liq so'rovlar 30%ga oshgan

Foto: deutschland.de

Foto: deutschland.de

Britaniyaliklarga hech qanday sababsiz chaqadigan “mast” arilar hujum qilmoqda. Bu haqda Daily Star xabar qildi.

Ma'lum bo'lishicha, Angliyadagi issiqlik tufayli meva tarkibidagi shakar fermentatsiyalana boshlaydi va alkogolga aylanadi, uni hasharotlar iste'mol qiladi. Sharbatni iste'mol qilgan arilar alkogol ta'sirida odamlarga nisbatan tajovuzkor bo'lib qoladi.

"Ular sovuq, nam ob-havoni yoqtirmaydilar, bu yil so'nggi 50 yildagi eng issiq yoz bo'lmoqda va bu nemis arilari yashab qolishi, ko'payishi uchun ayni muddao bo'ldi", deydi mutaxassislar.

Ushbu yilda Britaniyada ari chaqishi bilan bog'liq so'rovlar 30%ga oshgan.

Bundan tashqari, mutaxassislar odamlarga hujum qilmoqchi bo‘lgan ari o‘z koloniyasi a’zolarini “jazava”ga soladigan feromon chiqarishini ham ta’kidlagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling