Foto: Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryoda yosh qiz maktabdan qaytishda daryodan qayiqda suzib oʻtayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, videodagi holatda Guliston tumanidan Bekobod tumaniga Sirdaryo daryosidan qayiqda suzib oʻtayotgan qizaloq tasvirlangan.
Maʼlum qilinishicha, irdaryo viloyati hokimligi masʼullari, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi, Toshkent viloyatining Bekobod tumani hokimi hamda mutasaddi tashkilotlar birgalikda qizaloqning xonadonida boʻlishgan.
“Masʼullar qizchaning oila aʼzolari bilan suhbatlashib, daryodan xavfsiz oʻtishlari boʻyicha zarur tavsiyalarni berdilar. Shuningdek, oʻqishga borish-kelish sharoitlarini yaxshilash borasida chora-tadbirlar belgilanib, ijroga qaratildi”, - deyiladi xabarda.
Qizaloqni onasining maʼlum qilishicha, asli Toshkent viloyati Bekobod tumani “Yangi hayot” mahallasida yashovchi Zamira Toʻychiyeva yaqin oraliq maktab masofasi 30-40 km uzoqlikda joylashgan. Shu sababli, u Sirdaryo viloyati Guliston tumanida yashovchi qarindoshlarinikida istiqomat qilib, shuyerdagi maktabda oʻqiydi. Shuningdek, har haftada ota-onasi daryodan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda olib oʻtkazib qoʻyishadi.
“Qayiq haydashni yaxshi bilaman. Shu sabab bu menga qiyinchilik tugʻdirmaydi”, - deydi qiz.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling