Qirg'iziston parlamenti spikeri vazirga rus tilida ma'ruza qilishiga ruxsat bermadi — video

Qirg‘izistonlik deputat Erulan Ko‘qulov parlament spikeriga rus tili haqidagi qarorni yakka o‘zi hal qilishga haqli emasligini aytdi

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi (parlament) spikeri Nurlan Shakiyev yig‘ilishda tabiiy resurslar, ekologiya va texnik nazorat vaziri Dinara Qutmanovaga rus tilida ma’ruza o‘qishga ruxsat bermadi. Bu haqda "Kloop" xabar berdi.

Vazir Qutmanova Bishkekdagi smog muammosini tilga olmoqchi edi. U nutqini rus tilida boshladi. Biroq parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev vazirni to‘xtatib, undan davlat tili — qirg‘iz tilida gapirishni talab qildi. Shundan so‘ng Qutmanova ma’ruzasini qirg‘iz tilida davom ettirdi.

Vazirning nutqidan so‘ng qirg‘izistonlik deputat Erulan Ko‘qulov parlament spikeriga rus tili haqidagi qarorni yakka o‘zi hal qilishga haqli emasligini aytdi.

“Konstitutsiyada rus tili rasmiy til ekani belgilangan. Agar faqat qirg‘iz tilida hisobot tinglamoqchi bo‘lsangiz, Konstitutsiyani o‘zgartirishingiz kerak”, — deb taklif qildi deputat.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling