Fargʻonada IIB binosi oldida ayol oʻzini yoqmoqchi boʻldi

 IIB binosi oldida oʻzini yoqmoqchi boʻlgan ayol bilan boshqarma rahbariyati suhbatlashib, holat yuzasidan tushuntirishlar bergan

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Fargʻona IIB binosi oldida ayol oʻziga oʻt qoʻymoqchi boʻldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, 2022-yilning 15-noyabr kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro (IIB oldida oʻzini yoqmoqchi boʻlgan ayolning qizi) Fargʻona shahridagi mehmonxonalarning birida 2 mln 250 ming soʻm evaziga 4 nafar shaxsga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berib, kelishilgan pullarni olgan vaqtida xolislar ishtirokida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Bundan tashqari, fuqaro voyaga yetmagan ikki nafar shaxsni oʻziga moddiy jihatdan qaram qilib, yashash uyida tutqunlikda saqlab, erkak mijozlarga moddiy manfaat evaziga jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Fargʻona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi, 131-moddasi 1-qismi hamda 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 2022-yil 16-noyabr kuni Jinoyat-protsessual kodeksiningning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Shuningdek, jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchi va guvohlarning koʻrsatuvidan kelib chiqib, 2022-yil 19-noyabr kuni ayblanuvchi fuqaroning boshqaruvida boʻlgan "Malibu" Fargʻona shahar Alisher Navoiy koʻchasi 30-uy yonida turgani aniqlanib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda 2 dona pichoq va boshqa buyumlar daliliy ashyo tariqasida olinib, avtomashina qonuniy egasiga tilxat orqali topshirilgan.

Shuningdek, IIB binosi oldida oʻzini yoqmoqchi boʻlgan ayol bilan boshqarma rahbariyati suhbatlashib, holat yuzasidan tushuntirishlar bergan.

“Shu oʻrinda, fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi xabarlarga rasmiy munosabat berilmasdan turib, nooʻrin xulosa qilmasliklarini soʻrab qolamiz”, deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling